1

Abdulaziz Komilov Afg`oniston delegasiyasi bilan Nyu-Yorkda uchrashdi

Siyosat 19.01.2018, 11:14
Abdulaziz Komilov Afg`oniston delegasiyasi bilan Nyu-Yorkda uchrashdi

Payshanba kuni O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Nyu-York shahrida Afg`oniston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Hikmat Halil Karzay boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashdi. Vazirlik matbuot xizmati xabar qilishicha, Abdulaziz Komilov amaliy tashrif bilan AQShda bo`lib turibdi.

Uchrashuvda O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Afg`oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G`anining 4-6-dekabr kunlari Toshkent shahridagi uchrashuv va muzokaralar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bilan bog`liq dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Suhbat chog`ida vazirlar darajasida “Xavfsizlik va taraqqiyotning o`zaro bog`liq modeli sifatida Afg`oniston va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yo`lga qo`yish” mavzusidagi ochiq munozaralarning kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv chog`ida mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikning ba`zi muammolari, zamonaviy xavf va tahdidlarga qarshi kurashish sohasida O`zbekiston-Afg`oniston hamkorligi masalalari ko`rib chiqildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1