AsosiyShou-biznes

“O`zbekkino” yana bir yangi filmni jurnalistlar hukmiga havola etdi

15 aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida “O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan “O`zbekfilm” kinostudiyasida tasvirga olingan “Zarb” badiiy filmining jurnalistlar uchun premeraoldi namoyishi va film ijodkorlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

Ushbu filmda san`atni, sozni yaxshi ko`rgan san`atkorning pok tuyg`ulari, insonparvarlik fazilatlari haqida hikoya qilinadi. Kartina bosh qahramoni Sharif doirachi iste`dodli shogirdi nogiron Ilhomjonning iste`dodini har tomonlama qo`llab-quvvatlab, yangi ijodiy parvozlar sari undaydi. Taqdir zarbalari oldida irodali, sabr-bardoshli bo`lishga ruhlantiradi.

Film O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi, postanovkachi rejissyor Nozim To`laxo`jaev, postanovkachi operator Jasur Shametov tomonidan suratga olingan. Postanovkachi rassom – Bobur Ismoilov.

Filmdagi bosh rollarni Baxtiyor Qosimov, Farhod Abdullaev, Rayhon Ulasenova, Aziza Begmatova, Yulduz Rajabova singari aktyorlar ijro etgan.

    Boshqa yangiliklar