Germaniya elchixonasi hamdardlik bildirdi

Siyosat 19.01.2018, 14:06
Germaniya elchixonasi hamdardlik bildirdi

2018 yil 18 yanvar kuni Qozog`istonning Aqto`be viloyatida yuz bergan avtobus halokati yuzasidan mamlakatimizdagi diplomatik korpus vakillari o`z hamdardligini bildirishda davom etmoqda.

“Qozog`iston Respublikasining Aqto`be viloyatida 52 nafar inson halok bo`lgan fojiali avtobus halokatidan butun Germaniya chuqur qayg`uda, - deyiladi Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi tarqatgan bayonotda. Bu haqda Germaniya Tashqi ishlar vazirligining Markaziy Osiyo bo`yicha maxsus vakili Andreas Peshke kecha Berlin shahrida aytib o`tdi va qurbonlarning oila a`zolariga va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Elchixona bayonotida aytilishicha, Germaniya Federativ Respublikasining O`zbekistondagi elchisi Gyunter Overfeld ham kecha O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o`rinbosari S. Niyozxo`jaev bilan bo`lib o`tgan uchrashuvda o`z hamdardligini izhor etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1