Bugun, 19 yanvar kuni Qozog`iston Respublikasining O`zbekistondagi elchixonasi yangi binosida Prezident Nursulton Nazarboevning 2018 yil 10 yanvar kuni Qozog`iston xalqiga qilgan murojaatiga bag`ishlangan brifing o`tkazilishi mo`ljallangan edi.
Biroq Qozog`iston elchixonasidan ma`lum qilishlaricha, 2018 yil 18 yanvar kuni Oqto`ba viloyatida ro`y bergan avtobus halokati munosabati bilan brifing boshqa kunga qoldirilgan.
Eslatib o`tamiz, Qozog`istonning Oqto`ba viloyati Irgiz tumanida avtobusda yong`in sodir bo`lishi oqibatida 52 kishi halok bo`lgan va 5 kishi jabrlangan edi.






