AsosiySport

“Uzbek Tigers” jamoasi fikridan qaytdi

'“Uzbek Tigers” jamoasi fikridan qaytdi'ning rasmi

Shu yil fevral oyidan “The World Series Boxing”(WSB) yarim professional boks ligasining VIII mavsumi boshlanadi.

Avvaliga unda mamlakatimizning “Uzbek Tigers” jamoasi ishtirok etmasligi bildirilgandi. Ammo keyinroq bu qaror o`zgardi va “yo`lbarslar” musobaqada qatnashadigan bo`ldi.

Uning doirasida o`zbekistonlik charm qo`lqop ustalari 23-24 fevral kunlari Kubaning “Cuba Domadores”, 2-3 mart kunlari Kolumbiyaning “Colombia Heroicos” va 6-7 aprel kunlari Venesuelaning “Caciques de Venezuela” termalariga qarshi ringga ko`tariladi.

Kubaliklarga qarshi kechadigan dastlabki janglarda yurtimiz sharafini Jasurbek Latipov (57 kg.), Shunqor Abdurasulov(60 kg.), Mahmud G`oipov (69 kg.), Sanjar Tursunov (81 kg.) va Bahodir Jalolov (+91 kg.) himoya qiladi.

    Boshqa yangiliklar