“Forsaj” filmini nihoyasiga etkazishga avtohalokat qurboni bo`lgan Pol Uokerning ukalari yordam beradi. Bu haqda film ijodkorlari Facebook'dagi sahifada ma`lum qilishdi. Kaleb va Kodi Uokerlar Pol suratga tushishga ulgurmagan sahnalarda suratga tushishadi. Qayd etilishicha, Uoker personaji Brayan O'Konnor halok bo`lmaydi, aksincha u nafaqaga chiqadi. "Suratga olish ishlari yangilandi, Kaleb va Kodi Forsaj oilasini to`ldirishdi," - deyiladi xabarda.
Pol Uoker 2013 yilning 30 noyabr kuni avtohalok qurboni bo`lgan edi. Uokerning o`limidan so`ng Universal Pictures filmni suratga olish ishlarini noma`lum muddatga qoldirilgani haqida bayonot bergan edi. Pol Uoker filmning deyarli 60 foizini yakunlagan. "Forsaj"ning navbatdagi qismi taqdimoti 2015 yilning 10 aprel kuniga rejalashtirilmoqda.





