Ma`lumki, shu yilning fevral oyida Toshkentdagi Botanika bog`i hukumat qarori bilan rekonstruksiya ishlarini o`tkazish uchun vaqtincha yopilgan edi.
Podrobno.uz nashrining ma`lumotlariga ko`ra, bog`ning rekonstruksiyadan so`ng rasmiy ochilishi 1 may kuni bo`lib o`tadi. Ammo bundan oldin bog`da 19 aprel kuni Navro`z ayyomi nishonlanadi. Shu munosabat bilan bu erga barcha hohlovchilar taklif etiladi.
Hozirda Botanika bog`ida Markaziy va Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerika, Evropa, Kavkaz, Uzoq Sharq va Qrim flora ekspozisiyalari qayta tiklangan. Rejaga ko`ra, har bir o`simlik maydonida o`simliklar nomi aks etgan taxtacha qo`yilib, qariyb 200 ta skameykalar o`rnatiladi.





