Hakim at-Termiziy majmuasini 2017 yilda 600 mingdan ortiq mahalliy, mingga yaqin xorijlik sayyoh ziyorat qildi

Madaniyat 20.01.2018, 09:19
Hakim at-Termiziy majmuasini 2017 yilda 600 mingdan ortiq mahalliy, mingga yaqin xorijlik sayyoh ziyorat qildi

Ma`lumotlarga qaraganda, buyuk alloma Hakim at-Termiziy 400 dan ortiq asar yozgan, ularning 50 dan ziyodi bizgacha etib kelgan. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Amudaryo bo`yida joylashgan buyuk mutafakkir ziyoratgohi viloyatdagi eng obod, eng ko`rkam maskanlardan biriga aylandi. Bu muqaddas dargohga ziyoratga keluvchi mahalliy va xorijiy sayyohlar soni ham yildan yilga ko`payib bormoqda.

Majmua ijrochi direktori Abduraim Chorievning aytishicha, o`tgan yili bu erga 600 mingdan ortiq mahalliy va mingga yaqin xorijlik sayyoh tashrif buyurdi.

Prezident Shavkat Mirziyoev o`tgan yili Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog`ida majmuani yanada obodonlashtirish, ziyoratchilarga qulay sharoitlar yaratish borasida topshiriqlar bergandi.

Xususan, maqbara ichki bezaklarini surxondaryocha uslubda, shuningdek, Buxorodagi Bahouddin Naqshband majmuasi va poytaxtdagi Minor jome masjidida qo`llanilgan bezaklardan foydalangan holda ta`mirlash lozimligini ta`kidlagan edi.

O`tgan davr mobaynida bu erda keng ko`lamli ta`mirlash ishlari bajarildi. Maqbaraning ichki qismi to`liq rekonstruksiya qilinib, naqshinkor jilo berildi, muqaddas Qur`on oyatlari bitildi.

Eslatib o`tamiz, Shavkat Mirziyoev Surxondaryoga amalga oshirayotgan tashrifi chog`ida Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildi va Aqto`beda halok bo`lganlar haqiga duo qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1