1

Barak Obama: “Bizga urush kerak emas!”

Dunyo 17.04.2014, 11:50
Barak Obama: “Bizga urush kerak emas!”

AQSh prezidenti Barak Obama Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalarni joriy qilish bilan tahdid solmoqda. Bu haqda prezident jurnalistlarga Ukraina sharqida bo`layotgan voqealar yuzasidan aytgan fikrlarida aytib o`tdi. Obamaning aytishicha, Ukrainadagi bo`layotgan voqealarga aynan Moskva javob beradi. 

"Rossiyaning Ukrainadagi vaziyat yomonlashishiga olib keluvchi har bir qadam va ushbu mamlakat suverenitetining buzilishi Rossiya uchun yomon oqibatlarni olib keladi",-deydi Obama. 

Shuningdek, AQSh hukumati Rossiya Ukrainadagi vaziyat tufayli AQSh bilan qurolli ziddiyatga bormasligiga ishonch bildirmoqda. “Bizga urush kerak emas, bizga Ukrainadek mamlakat qo`shni davlatlar bilan yaxshi munosabatda bo`lishi kerak”,-deya qayd etdi AQSh prezidenti. 

Vesti.ru nashrining yozishicha, AQSh hukumati Rossiyaga nisbatan qo`shimcha  sanksiyalar tayyorlab qo`ygan. Ular yangi sanksiyalarni 17 aprel kuni Jenevada Ukraina, Rossiya, AQSh va Evropa ittifoqi o`rtasidagi muzokaralardan so`ng kuchga kiritishni rejalashtirishgan. 
Hozirda Ukrainaning Dones, Xarkov, Lugansk viloyatlarida Kiev hukumatiga qarshi namoyishlar bo`lib o`tmoqda. Qator shaharlarda viloyat ma`muriyati binolari namoyishchilar tomonidan egallab olindi. 

15 aprel kuni Yuqori Rada tomonidan Ukraina prezidenti etib tayinlangan Aleksandr Turchinov sharqiy qismidagi mamlakatni federalizasiya qilish tarafdorlariga qarshi maxsus harbiy operasiya o`tkazish haqida ma`lum qilgan edi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1