1

Suv ostiga g`arq bo`lgan kemadagi bolalar ota-onalariga xabar yuborishgan

Dunyo 17.04.2014, 12:28
Suv ostiga g`arq bo`lgan kemadagi bolalar ota-onalariga xabar yuborishgan

Janubiy Koreya sohillarida cho`kkan "Sevol" yo`lovchi kemasi ichida tirik qolganlar bo`lishi mumkin, deya xabar beradi Reyter axborot agentligi. 

Nashrning yozishicha, kema ichida qolib ketgan bolalardan biri otasining telefon raqamiga xabar yuborgan. 

“Men tirikman, yana tirik qolgan o`quvchilar ham bor, iltimos bizni tezroq qutqaring”,-deyiladi xabarda. 

Yana bir xabar cho`kkan kemada bo`lgan o`quvchilardan birining onasiga kelgan. Mirror nashrining yozishicha, bola onasiga quyidagi xabarni yuborgan: “Ona, bu xabarni senga hozir yubormoqdaman, chunki boshqa buni senga aytolmasligimdan qo`rqaman. Seni yaxshi ko`raman”.  

 
Hukumatning bergan ma`lumotlarga ko`ra, kema bortida tahminan 470 kishi bo`lgan, shulardan 9 nafari halok bo`lgan, 289 nafari esa bedarak yo`qolgan.  

"Sevol" yo`lovchi kemasi Janubiy Koreyaning janubiy-g`arbiy sohillarida halokatga uchradi. Frans Press nashrining xabar qilishicha, kemadagi 174 nafar yo`lovchi qutqarib olingan. Yo`lovchilarning ko`p qismi maktab o`quvchilari bo`lib, ular Chejudo oroliga sayyohat uchun yo`l olishgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1