AsosiyJamiyat

Yaroqlik muddati tugayotgan Coca-Cola bozorlarda arzon narxlarda pullanmoqda

Yurtimizning ba`zi bozorlarida"Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, LTD" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan Coca-Cola, Fanta, Sprite va Burn energetik ichimliklari odatdagidan arzon narxlarda sotilmoqda.

Ma`lumki so`nggi paytlarda, 1,5 litrli Coca-Cola ichimligi 7000, ba`zi joylarda esa 8000 so`mgacha ko`tarilgan edi, arzonlashtirlgan holatda esa uning narxi 2500 so`m etib belgilandi. 

Ma`lumotlarga ko`ra, uning bu qadar arzon narxlarda sotilishiga sabab yaroqlilik muddati tugayotganligi bo`lgan. 

Avvalroq zavod joriy yilning aprel oyi so`nggigacha profilaktika ishlarini tamomlab, faoliyatini avvalgi rejimda davom ettirishi ma`lum qilingan edi.

Surat Facebook'ning "Potrebitel" guruhi foydalanuvchilari tomonidan olingan.

    Boshqa yangiliklar