AsosiyShou-biznes

Jonli ijroda kuylashga jazm qilgan xonandaning konsert harajatini “O`zbeknavo” qoplaydi

“O`zbeknavo” estrada birlashmasi yangi rahbar tayinlangandan so`ng ilk majlisini ma`murlar bilan o`tkazdi.

Rahbariyat tarafidan majlisda kelajakdagi rejalar bilan tanishtirildi. Xususan rahbariyat ma`murlarga “Agar kimda kimning xonandasi jonli ijroda qo`shiq kuylashni istasa,  “Istiqlol” san`at saroyida o`tkaziladigan konsertning barcha harajatlarini “O`zbeknavo” estrada birlashmasi  qoplab berishini rasman ma`lum qilgan. Ushbu ma`lumot barchani lol qoldirgan bo`lsa ajabmas, deb yozadi Sayyod.uz nashri.  

“Jonli ijroni targ`ib qilish yo`lida “Agar xonanda bir oy jonli konsert qo`ysa,  o`sha bir oylik konsert zali puli to`lanadi” deb xonandalarga etkazib qo`yish buyurilgan.

 Bu haqda “O`zbeknavo” mas`ul xodimi  Odiljon Abduqaxxorov Sayyod.uz nashriga bergan eksklyuziv intervyusida aytib o`tgan.

Shuningdek, birlashma vakili jonli ijroda kuylamoqchi bo`lgan xonandaning konsertidan o`n besh kun avval, “O`zbeknavo” tomonidan maxsus komissiya tuzilib, konsert repertuari ko`rib chiqilishini qayd etgan.

    Boshqa yangiliklar