1

O`zbek rejissyori 11 sentyabr voqealari asosida film suratga olmoqda

Madaniyat 22.01.2018, 14:59
O`zbek rejissyori 11 sentyabr voqealari asosida film suratga olmoqda

«O`zbekkino» Milliy agentligi Badiiy kengashining 19 yanvar kuni bo`lib o`tgan navbatdagi yig`ilishida «101-reys» badiiy film loyihasining taqdimoti Kengash a`zolari tomonidan bir ovozdan ma`qullandi. Bu haqda agentlik saytida xabar berilgan.

Yig`ilishda 2ta badiiy va 1 ta hujjatli film loyihasi muhokama etilgan, jumladan rejissyor Akrom Shohnazarov hamda Erkin A`zam badiiy rahbarligida tayyorlangan «101-reys» filmi shular sirasidan.

Film real voqeaga asoslangan bo`lib, unda 2001 yil AQShning Nyu-York shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida Shimoliy Amerika havo hududida qiyin vaziyatda qolgan – bortida 180 nafar yo`lovchi bo`lgan «O`zbekiston havo yo`llari» aviakompaniyasiga qarashli Boing-767 samolyotining 101-reys ekipaji ko`rsatgan jasorat haqida hikoya qilinadi.

Terrorchilik xuruji sabab, AQSh havo hududiga kirish taqiqlab qo`yiladi, shu vaqtda Nyu-Yorkning Jon Kennedi nomli aeroportiga yaqinlashib kelayotgan 101- reys ekipaji esa bundan bexabar edi. Havo kemasini qo`ndirishga hozirlik ko`ra boshlagan ekipaj a`zolari aeroport dispetcherlaridan rad javobini olgach, samolyot shahar osmonini yana bir necha marta aylanib, Kanada xalqaro aeroportiga yo`l olishga majbur bo`ladi.

Biroq shu kuni yo`nalishini o`zgartirgan samolyotlarning aksariyati aynan Kanada aeroportiga qo`nishga majbur bo`lgani sababli, dispetcher 101-reysga faqatgina 3 soatdan keyin qo`nishga ruxsat bera olishini ma`lum qiladi. Baxtga qarshi samolyotning bitta dvigateli ham ishdan chiqadi va bu kema yo`lovchilari orasida vahima ko`tarilishiga olib keladi.

Yoqilg`i qolmaganligi sabab eng yaqin aeroportga ham etib bora olmasligi oydinlashib qolgan 101-reys ekipaji o`ta qiyin bir vaziyatda qolgan edi. Shunda, kema kapitani Zarxo`ja Saidazimov barcha mas`uliyatni zimmasiga olib, o`ta xavfli bo`lsada tavakkal qilishga qaror qiladi...

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1