1

«Ayollaringiz ekinzorlaringizdir»

Hidoyat sari 22.01.2018, 15:33
«Ayollaringiz ekinzorlaringizdir»

Ayollaringiz ekinzorlaringizdir. Bas, ekinzoringizga xohlaganingizday keling. O`zingiz uchun (yaxshilik) taqdim qiling. Va Allohga taqvo qiling hamda bilingki, albatta, Unga ro`baro` keluvchisiz. Mo`minlarga xushxabar ber.

Er-xotin orasidagi hassos va nozik aloqa Qur`oni Karim oyatlarida o`ziga xos uslub bilan tasvirlanadi. Avvalgi oyatlardan birida er-xotinni bir-biriga nisbatan kiyim – libos deb ta`rif qilingan edi. Bu oyatda esa ayollar ekinzorga o`xshatilyapti. Ekinzorga urug` tashlansa, hosil unib chiqqanidek, ayolga erkakdan tushgan urug`likdan farzand unib chiqishiga ishoratan:

«Ayollaringiz ekinzorlaringizdir», – deyilmoqda.

Modomiki, ular ekinzor ekanlar,

«Bas, ekinzoringizga xohlaganingizday keling».

Ya`ni «Xohlagan vaqtingizda, xohlagan holatingizda jinsiy yaqinlik qiling. Ayni chog`da maqsad, ko`zlangan g`oya esingizdan chiqmasin:

«O`zingiz uchun (yaxshilik) taqdim qiling».

Allohdan qo`rqish, unga taqvo qilish yodingizdan ko`tarilmasin.

«Va Allohga taqvo qiling hamda bilingki, albatta, Unga ro`baro` keluvchisiz».

Demak, ehtiyot va hushyor bo`lish kerak. Oyatning oxirida Allohga ro`baro` kelganda mo`minlarga yaxshilik bo`lishini ta`kidlab:

«Mo`minlarga xushxabar ber», – deyilyapti.

Endi esa oilaviy, qarindoshlik va umuman insoniy aloqalarda uchrab turadigan ba`zi bir holatlarni muolaja qilishga o`tiladi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

(Tafsiri hilol kitobidan)

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1