1

Gruziya parlamenti raisi Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

Siyosat 22.01.2018, 17:09
Gruziya parlamenti raisi Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

O`zbekistonga tashrif buyurgan Gruziya parlamenti raisi Irakliy Kobaxidze boshchiligidagi delegasiya 21 yanvar kuni Samarqand shahrida bo`ldi, deb xabar qiladi O`zA.

Irakliy Kobaxidze dastlab Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabriga gul qo`ydi va uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Mehmonlar buyuk davlat va siyosat arbobi bo`lgan Islom Karimov mustaqil O`zbekiston Respublikasi taraqqiyoti yo`lida ulkan ishlarni amalga oshirgan tarixiy shaxs ekanligini ta`kidladi.

Gruziya parlamenti raisi I.Kobaxidze boshchiligidagi delegasiya a`zolari Shohi Zinda yodgorlik majmui, Xo`ja Doniyor ziyoratgohi, Mirzo Ulug`bek rasadxonasi, Registon maydoni va boshqa tarixiy-madaniy maskanlarni tomosha qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1