AsosiySiyosat

Prezidentlar diplomatik munosabatlar o`rnatilganiga 25 yil to`lishi munosabati bilan bir-birini qutladi

'Prezidentlar  diplomatik munosabatlar o`rnatilganiga 25 yil to`lishi munosabati bilan bir-birini qutladi'ning rasmi

O`zbekiston va Belarus o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganiga 25 yil to`lishi munosabati bilan ikki davlat rahbari bir-birlarini qutladi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Belarus rahbari ikki davlat hamkorligi ko`plab muhim yo`nalishlarda izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Aleksandr Lukashenko «o`zaro anglashuv, ishonch va hurmatga asoslangan davlatlararo amaliy muloqot bundan keyin ham mamlakatlarimizni barqaror rivojlantirish hamda belarus va o`zbek xalqlarining farovonligi yo`lida mustahkamlanib boraveradi», deb ishonch bildirgan.

Prezident Shavkat Mirziyoev o`z maktubida mustahkam do`stlik rishtalari, o`zaro hurmat va qo`llab-quvvatlash, umumiy manfaatlarni hisobga olish tamoyillariga asoslangan O`zbekiston — Belarus hamkorligining bugungi darajasini yuksak qadrlanishini ta`kidladi.

«O`zbekiston va Belarus o`rtasidagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarish, uni aniq amaliy mazmun bilan boyitish uchun oldimizda hamkorligimizning mavjud salohiyatini to`liq ishga solishdek muhim vazifa turibdi. Shu ma`noda, Sizning O`zbekistonga tashrifingizni intizorlik bilan kutyapman. Bu bizga o`zaro munosabatlarimizning barcha jihatlarini har tomonlama muhokama qilish, shuningdek, yaqin yillarga mo`ljallangan hamkorligimizning istiqbolli yo`nalish va loyihalarini belgilab olish imkonini berishi shubhasiz», deyiladi davlat rahbari maktubida.

    Boshqa yangiliklar