AsosiySport

O`zbekistonda «Real Madrid» klubining futbol maktabi ochiladi

'O`zbekistonda «Real Madrid» klubining futbol maktabi ochiladi'ning rasmi

Ayni paytda Ispaniyada rasmiy tashrif bilan bo`lib turgan O`zbekiston milliy olimpiya qo`mitasi va O`zbekiston futbol federasiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov bugun «Real Madrid» klubi akademiyasi direktori Xulio Ronko bilan uchrashdi.

O`FF xabarida aytilishicha, uchrashuv davomida erishilgan kelishuvga asosan «Qirollik klubi»ning «Real Madrid Foundation Clinic» dasturi asosida O`zbekistonda «Real Madrid» klubining futbol maktabi ochiladigan bo`ldi.

Undan tashqari «Real Madrid»da faoliyat yuritayotgan murabbiylarni O`zbekistonga olib kelish bo`yicha ham hamkorlik qilinadi. Ular futbol maktablarida mashg`ulotlar o`tkazish, futbolchilar bilan ishlash jarayonlari haqida o`z tajribalari bilan o`rtoqlashadilar.

Shuningdek, yurtimizdagi iste`dodli bolalarni «Real» Madridga olib borish, «Qirollik klubi» tomonidan tashqil etiladigan musobaqalarda ularning ishtirokini ta`minlash bo`yicha ham kelishuvga erishildi.

«Real Madrid» Akademiyasi xorijiy davlatlarda faqat «Real Madrid Foundation Clinic» dasturi asosida ish olib bormoqda.

Endilikda ushbu dastur asosida «Real Madrid» metodologiyasini o`zbekistondagi futbol klublarida ham qo`llash, futbolchilar bilan yangicha uslubda mashg`ulotlar o`tkazish bo`yicha hamkorlik qilinadi.

    Boshqa yangiliklar