“Real” futbol klubining toshkentlik muxlislari “Barselona” ustidan qozonilgan g`alabani karnay-surnaylar bilan nishonlashdi.
16 aprel kuni Ispaniya kubogi uchun final uchrashuvida madridliklar azaliy raqiblari ustidan 2:1 hisobida g`alaba qozonib, kubokni qo`lga kiritishgan edi.
Toshkentning Taxta bozorida “Real” klubi muxlislari ushbu g`alabani karnay surnaylar bilan nishonlaganliklari aks etgan foto va video roliklar Telegram, Whatsapp ilovalari orqali tarqaldi.





