AsosiyJamiyat

Beeline mart oyida eng ko`p so`rovlarni Paynet tizimidagi to`lovlar bo`yicha qabul qildi

Beeline aloqa operatori mart oyi natijalariga ko`ra abonentlarning call-markaziga yuborgan so`rovlarining ommabop TOP-5taligini taqdim etdi.

Mijozlarning eng ko`p takrorlangan murojaatlari express-kartalar, CLICK va Paynet tizimlari bo`yicha to`lovlar haqida, shuningdek “Ishonchli to`lov” xizmati bo`yicha bo`ldi.

Ikkinchi o`rinda – Beeline tarif rejalari. Ommabopligi bo`yicha uchinchi o`rinda mobil internetga oid ma`lumotlar – internet-paketlar va sozlash haqidagi so`rovlar bo`ldi. Mart reytingining to`rtinchi va beshinchi pog`onalarida – Beeline xizmatlari va o`z-o`ziga xizmat ko`rsatish usullari – shaxsiy kabinet haqidagi savollar, xizmatlarni yoqish va o`chirish bo`yicha USSD-so`rovlar, tariflarni o`zgartirish, yoqilgan tarif rejasi va xizmatlar haqida ma`lumot olish kabi so`rovlar qayd qilingan.

Kompaniyaning mijozlarga xizmat ko`rsatish xizmati rahbari Lyudmila Chaykovskayaning ma`lum qilishicha, mart oyining natijalariga ko`ra call-markazida milliondan ortiq qo`ng`iroqlar amalga oshirilgan.

    Boshqa yangiliklar