2018 yil 6 fevral kuni Toshkentda katta voqelik ro`y beradi – FIFA va Coca-Cola tomonidan Jahon chempionati Kubogining yurtimizga olib kelinishi kutilmoqda, deya xabar qildi sports.uz.
Ma`lumot uchun: Jahon chempionati Kubogining turnesi 2017 yilning sentyabr oyida Moskva shahridagi “Lujniki” stadionidan boshlangan. Ushbu turga Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin, FIFA prezidenti Janni Infantino, Jahon chempionlari - Bebeto va David Trezegalar start berishgandi.
Toshkentga kelishidan avval Jahon chempionati Kubogi Sharqiy va Markaziy Osiyodagi to`qqizta davlat poytaxtini aylanib chiqadi. Toshkentdan keyin esa yana 34ta davlat poytaxtiga olib boriladi. Jahon chempionati Kubogi Markaziy Osiyo davlatlari poytaxtlari ichida birinchi bo`lib Toshkentda to`liq bir kun bo`ladi.
JCh Kubogi iyun oyigacha 50dan oshiq mamlakatni aylanib chiqishini qo`shimcha qilish zarur. Bu ushbu loyiha tarixidagi eng uzun turne hisoblanadi.
Quyida JCh-2018 Kubogi boradigan yo`nalishlar bilan tanishishingiz mumkin:







