1

“Sevol” kemasi halokatidan omon qolgan maktab direktori o`rinbosari o`z joniga qasd qildi

Dunyo 18.04.2014, 15:46
“Sevol” kemasi halokatidan omon qolgan maktab direktori o`rinbosari o`z joniga qasd qildi

Halokatga uchrgan Sevol kemasidan qutqarib olingan Janubiy Koreyaning Ansan shahri maktab direktori o`rinbosari o`z joniga qasd qildi. Bu haqda Renxap nashri xabar bermoqda. 

52 yoshli direktor o`rinbosarining jasadi mahalliy vaqt bilan soat 16:05 da topildi. U qutqarib qolingan yo`lovchilar turgan Chindo sport zali yaqinidagi qarag`ay daraxtiga o`zini osgan. Polisiya xabariga ko`ra, Kan o`limidan avval hech qanday xat qoldirmagan. 

"Sevol" yo`lovchi kemasi chorshanba kuni tongda halokatga uchragan. Kema bortida 475 kishi bo`lgan ularning aksariyati Chujudo oroliga sayohatga otlangan ushbu maktab o`quvchilari bo`lgan. Hozirga kelib, 28 kishi halok bo`lgani aniqlandi. Qolgan 268 nafar yo`lovchining taqdiri noma`lumligicha qolmoqda. Qutqaruv ishlarida 170 ta kema va 550 nafar g`avvos ishtirok etmoqda.   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1