1

Britaniyalik o`qituvchilar bitiruv imtihonlari Ramazon oyiga to`g`ri kelishidan xavotirdalar

Dunyo 18.04.2014, 15:59
Britaniyalik o`qituvchilar bitiruv imtihonlari Ramazon oyiga to`g`ri kelishidan xavotirdalar

Buyuk Britaniya o`qituvchilari o`quvchilarning dars jadvallariga juda jiddiy qarashadi. Pedagoglar muqaddas Ramazon oyi o`quvchilarning bahosiga salbiy ta`sir qilishidan xavotirdalar.

Shu boisdan o`qituvchilar ta`lim sohasidagi mutasaddilarni imtihonlar muqaddas Ramazon oyi bilan to`g`ri kelmasligi kerak deb ogohlantirishdi. Britaniyaning ta`lim borasidagi so`nggi islohotlariga ko`ra, o`quvchining bilimi uning joriy emas, bitiruv imtihonlariga qarab baholanmoqda.  

«Bu vaziyat talabalarning o`zlashtirishiga ta`sir qilishidan havotirdaman... Agar ular imtihonga och va suvsiz kelishsa, bu albatta ularning natijalariga ta`sir qiladi», - deydi Tower Hamlets kolleji o`qituvchisi Abdul Choudxuri.

O`tgan haftada o`qituvchi va ma`ruzachilar uyushmasining har yilgi konferensiyasi bo`lib o`tdi, unda imtihonlarning Ramazon oyida o`tishi mavzusi muhokama qilindi. Kengashda musulmon oilalaridan qatnaydigan o`quvchilarga qanday sharoitlar yaratish mumkinligi o`ylab ko`rilishi va`da berildi.

Aholini ro`yhatga olish ma`lumotlariga ko`ra 2011 yilda Buyuk Britaniyada musulmonlar soni 2,7 mln kishini tashkil qilgan, bu esa umumiy aholining 4,8% demakdir.


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1