Xalqaro ekspert Birgit Bemers: O`zbekiston kinosi rivojiga o`z hissamni qo`shish niyatidaman

Madaniyat 24.01.2018, 10:39
Xalqaro ekspert Birgit Bemers: O`zbekiston kinosi rivojiga o`z hissamni qo`shish niyatidaman

«O`zbekkino» milliy agentligida kinoindustriya sohasida taniqli xalqaro ekspert Birgit Bemers bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

– O`zbekiston kinosi tarixidan yaxshi xabardorman, – deydi B.Bemers. – Uning bugungi holati bilan yaqindan tanishib, rivojiga o`z hissamni qo`shish niyatidaman. Ma`lumki, YuNESKO tashkilotining O`zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan o`zbek kinematografiyasini yanada rivojlantirish borasida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Maqsad – yurtingizda kinoindustriya sohasi samaradorligini oshirishga ko`maklashishdan iborat.

YuNESKOning mazkur tadqiqot natijalari joriy yilning 24-25 yanvar kunlari poytaxtimizda bo`lib o`tadigan davra suhbatida muhokama etiladi. Shuningdek, yosh kinoijodkorlar uchun kino loyihalari ishlab chiqarishga bag`ishlangan ikki kunlik seminar-trening ham tashkil etiladi. Seminarda B.Bemers xonim yoshlarga mahorat darslari o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1