O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov 6 aprel kuni “Mening baxtim” nomli 16 kunlik konsert dasturiga satrt berdi. “Bu yil o`ninchi konsertim. 40 yoshimning 10 bahorini sizlar bilan o`tkazdim. Sizlar orqali kuylash, yashashni o`rgandim. Muxlislarimga ta`zim qilib kam bo`lmadim! Shu yoshga kirib “O`z o`rnimni topdimmi?” degan savol qiynaydi. Nazarimda topa oldim, shekilli. Endi esa o`zimni takrorlab qo`ymayotganmikanman, deya o`yga tolaman. Chunki uchrashuvlarda muxlislar “Qo`shiqlaringiz bir xil bo`lib ketdi”, degan fikrni aytishadi. Sizlarning tanbehlaringizga quloq tutib, o`zimni takrorlamaslikka harakat qilib kelyapman. Zabardast ustozlar sizlarni yo`qotishdan qo`rqqan. Ular oldida men kimman? Shuning uchun xatolarim bo`lsa kechiringlar!”, deya muxlislar bilan samimiy salomlashgan O`zbekiston xalq artisti Ozodbek NAZARBEKOV konsert ssenariysiz improvizasiya asosida erkin olib borilishini ta`kidladi...
“Bag`dod” qo`shig`i boshlanishi bilan katta ekranda o`z saroyida yurgan Malika Budur — raqqosa Parizoda paydo bo`ldi. Zum o`tmay esa Malika Budur Bag`doddan Nazarbekovning konsertiga kelib qoldi. Puxta o`ylangan mazkur sahna ko`rinishi muxlislarning qiziqishiga sabab bo`ldi.
Nazarbekov “La`lixon” qo`shig`ini kuylab bo`lishi bilan so`z ustasi Shukrullo Isroilov sahnaga chiqib, “Ozod, kuylayotgan qo`shig`ingni qara! Bozordan saqich olib, chaynab kelib-chaynab ketar La`lixon... Bir kami saqich haqida qo`shiq kuylashing qoluvdi”, deya xonandani tanqid qila boshladi. Ozodbek esa “saqich bu — ma`lumot, bozor — internet, chaynash — “whatsapp”. Bu qo`shiq internetdan ma`lumot olib, ijtimoiy tarmoqda “chaynaydigan” qizlar haqida, deya izox berdi. Shu tariqa Shukrullo Isroilov bilan bo`lgan har bir hazil chiqish tomoshabinning yuziga kulgi ulasha oldi.
“Kelgin gulim” qo`shig`i yangrashi bilan zal “portladi”.
“40 yoshda sochim to`kilib ketadi, deb o`ylamagandim. Sizlar yomonsizlar!” deya “Ayollar yomon” qo`shig`ini boshladi.
Xayollar yomon, xayollar yomon,
Jim yurib jonidan sevadi ayol.
Ayollar yomon, ayollar yomon...
“Hafa bo`laman” qo`shig`ini kuylaganida deyarli barcha muxlislar raqsga tushdi. Konsert shu kayfiyatda davom etdi.





















P/S: Xonanda bu yilgi konsert dasturi bilan o`zini takrorlamadi. Muxlislarning “Ana endi O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov nomiga mos tarzda konsert berdi!” degan e`tiroflari quloqqa chalindi. Haqiqatda Ozodbek konsert davomida yig`ilganlarni o`ylata, o`ynata va yig`lata oldi. “Jonli ijroda kuylab, nafaqat sizlar, birinchi galda o`zim maza qilyapman. Chunki shu jarayonda — YaShAYaPMAN!” deya ta`kidladi. Fonogrammada kuylamaslik uchun konsertda ijro etilgan birorta qo`shiqni studiyada yozilmagani ham ayni haqiqat.
Fakt:
- Sahna ustida qurilgan ikki qavatli mo``jaz sahna dekorasiyasi va katta ekrandan unumli foydalanildi.
- Konsertda jami 24 ta qo`shiq kuylandi.
- Konsert rejissyori Sa`dulla Abdullaev.
- Dasturda “Ofarin”, “Tumor” va “Parizod” raqs ansamllari ishtirok etishdi.
- Ozodbek Nazarbekovning uch xil uslubdagi libosi dizayner Dildora Qosimova tomonidan tikilgan.
- Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi





