1

Yo`qolgan Boeing’ni suv osti qidiruv ishlari 5-7 kun ichida yakunlanadi

Dunyo 19.04.2014, 11:23
Yo`qolgan Boeing’ni suv osti qidiruv ishlari 5-7 kun ichida yakunlanadi

Malaysia Airlines aviakompaniyasiga tegishli yo`qolgan layner “qora quti”sining suv osti qidiruv ishlari yaqin 5-7 kun ichida yakunlanadi. Bu haqda Reyter axborot agentligi Koordinasion qidiruv markaziga asoslanib xabar bermoqda.

Malayziya transport vaziri Xishamuddin Xuseyn aytishicha, Bluefin-21 olgan suratlar orqali okean tubi aniq va tiniq ko`rinmoqda.  Bundan tashqari qidiruv zonasi anchagina qisqartirilgan.

Shuningdek,  Boeing “Qora quti”sini Bluefin-21 suv osti apparati yordamida okean tubida 4,5 km chuqurlikda izlashadi.  

Avvalroq, Suv osti apparati o`zining maksimal chuqurlikka tushishi mumkin bo`lgan 4500 metrga etib borgani sababli apparatning xavfsizlik tizimi avtomatik tarzda ishga tushib, chuqurlikka tushishni to`xtatish to`g`risida ogohlantirgan edi. qayd etilishicha, endi apparatning maksimal chuqurlikka tushish masofasi rekord 4695 metrga  sozlandi.

Eslatib o`tamiz, 8 mart kuni Malayziya aviakompaniyasiga qarashli bo`lgan samolyot parvozga chiqqanidan ikki soat o`tgach, sirli tarzda g`oyib bo`lgan. Boeing bortida 14 mamlakatdan 239 kishi bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1