1

“Hazrati Dovud”dagi oq ilon karomati

Dunyo 19.04.2014, 11:32
“Hazrati Dovud”dagi oq ilon karomati

Boshimdan o`tgan bir voqeani gapirib bermoqchiman, — dedi Toshkent shahridan qo`ng`iroq qilgan va o`z nomini oshkor qilishni istamagan bir muxlisimiz  — Yaqinda o`g`lim va do`stlarim bilan Samarqanddagi Hazrati Dovud  ziyoratgohiga  yo`l oldik.

Uzoq yo`l bosib tong otarda ziyoratgohga kirib bordik. Borishimiz bilan barchamiz ziyoratgohning tog`ni o`yib yasalgan  zinalardan ko`tarila boshladik. Qiziqqanimizdan zinalar sanab borardik. To`rt yuzta zinadan ko`tarilganimdna keyin charchab, dam olish uchun o`tirdim. Undan yuqoriga chiqa olishimga ko`zim etmaganiu uchun shu erning o`zida duo o`qib, orqaga qaytdim.     

 Oxirigacha borolmaganimdan xafa bo`lganimni ko`rgan bir oqsoqol “Xafa bo`lmang, ziyoratgohning uchta zinasidan o`tsangiz, bo`ldi duolaringiz qabul bo`ladi”, deb ko`nglimni ko`tardi. Tog`ning tepasiga ildam chiqib ketgan o`g`lim uch soatlar o`tgach,  qaytib tushdi.

Boshqalarning qaytishini kutib turganimizda toshlar orasidagi kichkina bir teshikdan oq ilon chiqib keldi. Qo`rqqanimdan joyimdan qimirlamay turaverdim. Bu erlik odamlar o`rganib qolganmi, ular ham e`tibor berishmadi. Ilon uch marta odamlarga qarab tilini chiqazib, teshikka kirib ketdi. Birozdan keyin ilon yana chiqib chiqdi. Atrofdagi yosh-yalanglar endi ilonga tega boshlashdi. Kim cho`p bilan, kim baklashkalar bilan uni turtishardi.

Yoshlarning qilig`idan jahlim chiqib “hoy, ilonga tegmanglar, u pari bo`lishi mumkin. Ilonga tegishning xosiyati yaxshi bo`lmaydi” deb koyigan bo`ldim.

Uzoq-yaqindan ziyoratga kelganlar gapmni diqqat bilan tinglashdi, do`stlarim tog`dan tushgach esa barcha bilan xayrlashib, yo`lga tushdik.  Ancha yo`l yurib qo`yganimizdan keyin haydovchi maqtanib qoldi: “Opalar, ziyoratdan o`z haqimni olib ketyapman” dedi u . Biz  hayron bo`lib  nima olib ketyapsiz?” deb so`radik. “Oq ilonni baklashkaga solib oldim. Uni Toshkentga olib borib sotaman”, dedi.

Biz unga ziyoratgohdan hatto tosh ham olib ketish mumkinmasligini tushuntirsak-da, haydovchi quloq solmadi. Shundan keyin “Iltimos, ilonni qo`yib yuboring bu sizga yaxshilik olib kelmaydi” dedim jahlim chiqib. Shundan keyin haydovchi mashinani to`xatdi va ilonni baklashkadan chiqarib yubordi. Keyin bizga “bu ilon kamida uch kun deganda qaytib boradi, agar yo`lda uni tipratikan eb qo`ymasa” deb kuldi.

Hech qancha yurmasimizdan katta yo`lda bizni YPXxodimlari to`xtatishdi. Haydovchi ular bilan anchagacha bahslashdi. Lekin YPX xodimi bizni tushirib, mashinani jarima maydoniga olib ketdi.

  Biz esa boshqa mashina bilan manzilimizni davom ettirdik. Nurotani ham ziyorat qilib qaytib kelganimizdan so`ng, ziyoratgohdan ilon o`g`irlagan haydovchi uch kun deganda hujjatlarini to`g`rilab, ko`p ovora bo`lib, so`ng Toshkentga qaytganini eshitdik.

   Shunda odamlar bejizga ilonga ozor berma demasliklarini, ayniqsa u ilon ziyoratgohniki bo`lsa teginish umuman mumkin emasligini tushundim.

Dilfuza SOBIROVA oqqa ko`chirdi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1