1

“Sevol” kemasi kapitani umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin

Dunyo 19.04.2014, 15:12
“Sevol” kemasi kapitani umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin

Janubiy Koreya prokuraturasi cho`kib ketgan “Sevol” kemasi kapitaniga rasman ayblov qo`ydi.  CNN telekanali xabar qilishicha, kema kapitani umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

“Li Chun Sok(kapitan) kema tezligini kamaytirmay xavfli burilishi oqibatida “Sevol” kemasini cho`ktirganlikda ayblanmoqda. Li yo`lovchilarni evakuasiya qilish majburiyatni bajarmay, ko`plab odamlarni halokatga olib kelganligi uchun ham ayblanmoqda”,-deydi prokuror Li Bong Chan.

Uning so`zlariga ko`ra, kapitan aybdor deb topilsa, unga 5 yildan to umrbod qamoq jazosi berilishi mumkin.

“Renxap” axborot agentligining xabar qilishicha,  68 yoshli kapitan va uning ikki yordamchisini qo`lga olish uchun Mokpxo shahri sudi order bergan. Hukumat ularni sud hukmidan qochib, o`zlariga qarshi bo`lgan dalillarni yo`q qilib yubormasliklari asosida qo`lga oldi. Tergovchilar bergan ma`lumotlarga ko`ra, kapitan yo`lovchi qiyofasida cho`kayotgan kemani birinchilardan bo`lib tark etgan. Bundan tashqari, yo`lovchilar kema ekipaji odamlarni evakuasiya qilishning o`rniga ularni o`z joylarida qolishga chaqirishganini aytishmoqda.

 Shuningdek, Qutqaruvchilar 16 aprel kuni Janubiy Koreya sohillarida halokatga uchragan “Sevol” kemasi  ichiga kirishni uddalashdi. 

U erda yana uch kishining jasadi topildi, deya yozadi ITAR-TASS axborot agentligi. Ammo, suv ostida bo`lish vaqti chegaralanganligi sababli jasadlarni tashqariga olib chiqish imkoni bo`lmayapti. Endi 32 kishi halok bo`lgan va 264 kishi bedarak yo`qolgan deb hisoblanmoqda. Yo`lovchi kemadan 179 kishi qutqarib olingan.

"Sevol" yo`lovchi kemasi chorshanba kuni tongda halokatga uchragan. Kema bortida 475 kishi bo`lgan ularning aksariyati Chujudo oroliga sayohatga otlangan maktab o`quvchilari bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1