1

Samarqandda 6 ta kinoteatr quriladi, 3 tasi rekonstruksiya qilinadi

Madaniyat 25.01.2018, 10:35
Samarqandda 6 ta kinoteatr quriladi, 3 tasi rekonstruksiya qilinadi

Joriy yilda Samarqand viloyati shahar va tumanlarida 1 ta ikki qavatli, 3 ta bir qavatli, 2 ta yozgi kinoteatr qurilishi hamda 3 ta kinoteatrni rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan, deb xabar qildi O`zA.

Tumanlardagi 29 kasb-hunar kollejining faollar zali kinozalga moslashtirilmoqda. Tuman markazlari va qishloqlardagi madaniyat va aholi dam olish markazlarida ham kino namoyish etish uchun imkoniyat yaratilmoqda.

Taqqoslash uchun fakt: bugun Samarqandda faoliyati saqlangan 13 kinoteatr ro`yxatda turadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1