1

Yangi farmon: Umumiy o`rta, o`rta maxsus va kasb-hunar ta`limi tizimini tubdan takomillashtiriladi

Siyosat 25.01.2018, 11:17
Yangi farmon: Umumiy o`rta, o`rta maxsus va kasb-hunar ta`limi tizimini tubdan takomillashtiriladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti "Umumiy o`rta, o`rta maxsus va kasb-hunar ta`limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi farmonini imzoladi.

Hujjatda qayd etilishicha, umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi rivojlanishini tahlil qilish natijalari tizimning bugungi kun talablariga javob bermasligini va tub islohotlarga muhtojligini ko`rsatgan. Xususan:

birinchidan, kasb-hunar kollejlari aholi yashash joylariga yaqin bo`lmagan masofada joylashtirilganligi, ayniqsa, hududlarda transport infratuzilmasi etarli darajada rivojlanmaganligi hamda ob-havo sharoitlari tufayli o`quvchilarning vaqti-vaqti bilan ommaviy ravishda dars mashg`ulotlarini qoldirishlariga sabab bo`lmoqda;

ikkinchidan, kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini shakllantirishning mavjud amaliyoti kasb-hunar kollejlari ta`lim yo`nalishlariga javob bermaydigan o`quv ustaxonalari tashkil etilishiga, butlovchi va ehtiyot qismlar bilan etarli darajada ta`minlanmasligiga olib keldi. Kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnik jihozlanishining o`rtacha darajasi bugungi kunda atigi 56 foizni tashkil etadi, 31 ta kasb-hunar kollejida o`quv ustaxonalari umuman mavjud emas;

uchinchidan, etarli darajada moliyalashtirilmaganligi natijasida kasb-hunar ta`limi tizimi uchun zarur bo`lgan ko`plab darsliklar va o`quv qo`llanmalari nashr etilmadi, darsliklarning 50 foizi rus va qoraqalpoq tillariga tarjima qilinmagan, amaldagi darsliklar biror marta yangilanmagan;

to`rtinchidan, kasb-hunar kollejlarida kadrlar tayyorlash tizimi hududlardagi iqtisodiy tarmoqlarning real ehtiyojlaridan ortda qolganligi, shuningdek, kasb-hunar kollejlari uchun belgilangan qabul kvotalarida mehnat bozori kon`yunkturasiva ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish imkoniyatlari hisobga olinmasligi bitiruvchilarni ishga joylashtirishda qiyinchilik tug`dirmoqda;

beshinchidan, kasb-hunar kollejlaridagi mavjud o`quv jarayonini tashkil etishning hozirgi holati, qo`llanilayotgan o`quv-normativ hujjatlar hamda o`qitish muddatlari kasblarning murakkablik darajasiga javob bermaydi, ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishdagi kamchiliklar olinayotgan bilim darajasi tushib ketishiga va tegishli ravishda qator ta`lim yo`nalishlari bo`yicha bitiruvchilarga bo`lgan ehtiyojning pasayishiga olib keladi va natijada o`qishni tamomlagandan keyin ish joylarida ularni qo`shimcha o`qitish zaruratini keltirib chiqarmoqda;

oltinchidan, aholi turli toifalarini “Hayot davomida ta`lim olish” prinsipi bo`yicha kasbga tayyorlash tizimining etarli rivojlanmaganligi aksariyat katta yoshli aholi, shuningdek, ishsiz yoshlar va nogiron shaxslarning mehnat bozorida keraksiz bo`lib qolishiga olib kelmoqda;

ettinchidan, kasb-hunar kollejlarida o`quv jarayonini tashkil etishga va o`quvchilarni intellektual, ma`naviy-ma`rifiy tarbiyalashga yuzaki yondashish, ularning bo`sh vaqtlarini band etishning samarasiz mexanizmi o`quvchilar tomonidan sodir etilgan xuquqbuzarlik va jinoiy qilmishlar soni ortishiga, ularning o`qishga qiziqishi hamda davomatning tushib ketishiga sabab bo`lmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1