Bugun O`zbekiston Futbol Federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi boshlangani haqida xabar bergan edik.
Unda O`FFning yangi prezidenti nomi e`lon qilindi. O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari, "O`zbekiston temir yo`llari" aksionerlik jamiyati boshqaruvi raisi Achilbay Jumaniyazovich Ramatov O`zbekiston Futbol Federasiyasining yangi prezidenti sifatida e`lon qilindi.






