19 aprel kuni estradamizning iste`dodli xonandalaridan biri Munisa Rizaeva Instagram fotoblogida turmushga chiqayotganligi haqida xabar qoldirdi.
“Meni qo`limni so`rashdi, men turmushga chiqayapman. Jasik muhabbating, ishonching va albatta uzuk uchun katta raxmat. U juda ham chiroyli”,-deya xabar qoldirdi Munisa Rizaeva.
Ma`lum bo`lishicha, kuyov xonanda Jasur G`oipov. Munisa Rizaeva ushbu xabar bilan qoldirgan surat Jasur G`oipovning ham Instagram’dagi sahifasida paydo bo`ldi. U Munisa Rizaevaga roziligi uchun minnatdorchiligini bildirgan.
Munisa bilan bog`langanimizda, u bu xabarni tasdiqlab, 30 may kuni visol oqshomi ekanligini ma`lum qildi.





