1

“Sevol” ekipaji jinoiy javobgarlikka tortiladi

Dunyo 21.04.2014, 11:22
“Sevol” ekipaji jinoiy javobgarlikka tortiladi

Janubiy Koreya sohillarida halokatga uchragan “Sevol” kemasi qurbonlari soni 64 kishiga etdi, 240 nafar yo`lovchi esa bedarak yo`qolgan. Bu haqda Vesti.ru nashri xabar bermoqda.

Shuningdek, Janubiy Koreya prezidenti  Pak Kin Xe “Sevol” ekipaji o`z majburiyatini bajarmagani qotillikka teng ekanligini qayd etdi va aybdorlar jinoiy javobgarlikka tortilishini aytdi.   

Sevol yo`lovchi kemasi 16 aprel kuni Janubiy Koreya sohillarida halokatga uchradi.  Yo`lovchilarning ko`p qismi maktab o`quvchilari bo`lib, ular Chejudo oroliga sayyohat uchun yo`l olishgan edi. 

Kema kapitani Li Chon Chok va uning ikki yordamchisi qo`lga olingan. Ular kemachilik qoidalarini buzganlikda va mas`uliyatsizlikda ayblanmoqda.

Olib borilgan tergov natijalari ko`ra, halokat chog`ida kemani kapitan emas, uning uchinchi yordamchisi boshqargan.

Halokatga esa kemaning keskin o`z yo`nalishini o`zgartirgani sabab bo`lgan.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1