1

«Deloyt» bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Siyosat 25.01.2018, 16:16
«Deloyt» bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

24 yanvar kuni vazirlikda «Deloyt» konsalting kompaniyasining Qozog`istondagi departamenti rahbari Kristofer Armitaj, departamentning Kaspiy mintaqasidagi “raqamli strategiya“ni ishlab chiqishga mas`ul «Deloyt» MDH mas`ullari ishtirokida uchrashuv bo`lib o`tdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 dekabrdagi O`zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo`yicha davlat dasturini shakllantirish va moliyalashtirishga oid yangi tartib to`g`risidagi qarorida vazirlik zimmasiga axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirishning uzoq muddatli konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan edi.

Uchrashuvda «Deloyt» kompaniyasi bilan bu yo`nalishda hamkorlik qilish va sohani xalqaro tajribani hisobga olgan holda, AKT ni uzoq muddatga mo`ljallangan maqsadli rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Aytish joizki, mazkur konsepsiyada telekommunikasiya infratuzilmasini rivojlantirish, «elektron hukumat»ni joriy qilish, axborot xavfsizligini ta`minlash, sohada innovasiyalarni tatbiq etish, pochta, logistika hamda elektron tijorat kabi yo`nalishlarda zamonaviy xizmatlarni joriy qilish, shuningdek, ta`lim, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning ilg`or usullarini ilgari surish kabi maqsadlar ko`zda tutilgan bo`lishi lozim.

Buyuk Britaniyaning Deloitte/«Deloyt» — konsalting va audit xizmatlarini ko`rsatuvchi jahonning yirik tarmoqlashgan kompaniyasi bo`lib, auditorlik yo`nalishida “peshqadam to`rtlik“ka kiradi, xodimlar soniga ko`ra eng yirik professional (263 000 nafar) kompaniya hisoblanadi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1