Ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash yuzasidan ko`rilayotgan chora-tadbirlar doirasida joriy yilning birinchi choragida kichik biznesning 7,3 mingta yangi sub`ektlarini tashkil etishga ko`maklashildi.
Hisobotlarni aloqaning elektron yo`llari bo`yicha topshirishning yuzma-yuz aloqasiz shakllarini faol joriy etish natijasida bugungi kunda tadbirkorlik sub`ektlari soliq hisobotlarining 95 foizini, statistika hisobotlarining 88,6 foizini elektron shaklda topshirmoqda. Bojxona yuk deklarasiyalarining 95 foizga yaqini elektron usulda rasmiylashtirilmoqda.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yilning I choragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari muhokamasiga va shu yil 17 yanvarda respublika Hukumatining majlisida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan 2014 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim vazifalari va ustuvorliklarini amalga oshirishni baholashga bag`ishlangan majlisida ta`kidlandi.





