AsosiySport

Ochil Ramatov o`zbek futbolida katta islohotlar o`tkazmoqchi

'Ochil Ramatov o`zbek futbolida katta islohotlar o`tkazmoqchi'ning rasmi

Bugun, 25 yanvar kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida O`zbekiston futbol federasiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi tashkil etildi.

Endilikda O`zbekiston futbol assosiasiyasining yangi rahbariga aylangan Ochilboy Ramatov o`zbek futbolining hozirgi ahvoli yuzasidan tanqidiy fikrlarini bildirib o`tdi.

«Futbolni ko`tarib, xalqimizning ko`nglini ko`tarishimiz kerak.

Osiyo chempionatida yosh futbolchilarimiz finalga chiqishi ushbu sohada yaxshi o`zgarishlar bo`layotganini ko`rsatmoqda. Bu birinchi natijalarimiz.

Endi avvalgidek ishlamaymiz. Endi kim tarkibga kirishini kimdir telefon qilib belgilab bermaydi. Bu bo`yicha ishlab, hammasini to`g`ri yo`lga qo`yishimiz kerak. Endi avvalgidek o`yinlar ketmaydi.

Endi hech kim tarkibni tanlashga ta`sir o`tkazmaydi, hech kim qo`ng`iroq qilishga, talab qo`yishga haqli emas. Hozircha boridan foydalanimiz. Keyinroq tub islohotlar o`tkazamiz.

Bizda yaxshi murabbiy yo`q, murabbiylarga yaxshi to`lanmasa ish bo`lmaydi. Endi avvalgidek o`z ishtiyoqi bilan ishlaydigan murabbiylar yo`q. Bori ham keksayib qoldi.

Murabbiy yosh futbolchilarning ota-onalari bergan 5 so`m pul hisobiga yashaydi. Bu borada vaziyat qandayligini yaxshi bilaman. O`zim shu sohani ichidan chiqqanman. «Lokomotiv» klubi maniki. Bilasizlar-a? Man shu darajaga keltirganman bu jamoani, bollarni o`zim tarbiyalaganman, hammasini boshidan boshlab. Futboldagi o`yinlarning hammasini bilaman», deya O`FAning yangi prezidentining so`zlarini keltirdi «Tribuna».

    Boshqa yangiliklar