Ayni paytda O`zbekiston kinoarboblar birlashmasida 2013 yilda davlat buyurtmasi bilan, shuningdek, nodavlat kinostudiyalarida tasvirga olingan badiiy, multiplikasion va hujjatli filmlar muhokamasiga bag`ishlab, joriy yilning 22 aprel kuni o`tkaziladigan ijodiy konferensiyaga qizg`in tayyorgarlik ko`rilmoqda.
O`zbekiston kinoarboblar birlashmasi raisi o`rinbosari Bahodir Odilovning ma`lum qilishicha, ijodiy konferensiyada kinoshunoslarning “O`zbek kinosi: muammo va istiqbollar” degan umumiy nom ostida ilmiy-ommabop va hujjatli animasion filmlar, davlat buyurtmasi bilan va nodavlat kinostudiyalarida tasvirga olingan badiiy filmlar tahliliga bag`ishlangan ma`ruzalari, shuningdek, O`zbekfilm, “Qoraqalpoqfilm” va “O`zbekkino” Milliy agentligi qoshidagi “5-studiya” yoshlar tajriba ijodiy uyushmasi rahbarlarining hisoboti tinglanadi.
- Joriy yilning 14 aprelidan 21 apreliga qadar Kinochilar uyida 2013 yilda tasvirga olinib, ijodiy konferensiyada muhokama uchun tavsiya etilgan badiiy, ilmiy-ommabop va hujjatli va animasion filmlar mutaxassislar ko`rigidan o`tmoqda, - dedi Bahodir Odilov.
Ularning jadvali bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.





