1

“Sevol” kemasi bort muhandisi o`z joniga qasd qildi

Dunyo 21.04.2014, 14:36
“Sevol” kemasi bort muhandisi o`z joniga qasd qildi

Janubiy Koreya sohillarida cho`kib ketgan “Sevol” kemasi bort muhandisi o`z joniga qasd qilmoqchi bo`ldi, deya xabar beradi Renxap axborot agentligi.

Son familiyali muhandis “Sevol” kemasi halokatidan omon qolgan yo`lovchilar turgan Mokpo shahridagi mehmonxonalarning birida o`zini osmoqchi bo`ldi. 57 yoshli muhandis ustidan kuni kecha tergov ishlari boshlandi. Mehmonxona xodimlari uni bugun mahalliy vaqt bilan 11:40da ko`rishgan va darhol tez yordam chaqirishgan. Hozirda uning hayotiga hech narsa xavf solayotgani yo`q. 

Bortida 476 nafar yo`lovchi bo`lgan “Sevol” kemasi 16 aprel kuni halokatga uchragan. Oqibatda 64 kishi halok bo`lgan, 238 kishining taqdiri hozircha noma`lumligicha qolmoqda. Qutqaruv ishlari esa davom etmoqda.  

Kema kapitani Li Chun Sok va uning ikki yordamchisi qo`lga olingan. Kapitan umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.  Tergovchilar bergan ma`lumotlarga ko`ra, kema halokatga uchragan payt kapitan yo`lovchi qiyofasida u erni birinchilardan bo`lib tark etgan.

Eslatib o`tamiz, halokatga uchragan kemada bo`lgan o`quvchilar maktabining 52 yoshli direktor o`rinbosari 18 aprel kuni o`z joniga qasd qilgan edi. U qutqarib qolingan yo`lovchilar turgan Chindo sport zali yaqinidagi qarag`ay daraxtiga o`zini osgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1