Ushbu animasion filmning qahramonlari — yurtimizda ishlab chiqariladigan avtomobillardan tashkil topgan bo`lib, unda bosh qahramon — kichkintoy «Matiz» bilan bog`liq turli qiziqarli sarguzashtlar hikoya qilinadi. Filmni yaratishda Abdulatif Haydarov boshchiligidagi animatorlar guruhi hamda rassom Zilola Hamidova ijod qilmoqda.
Hozirda multfilmning dastlabki 6 ta qismi bo`yicha ishlar boshlab yuboridi. Yil so`ngiga qadar ushbu yangi multfilmni bolajonlar e`tiboriga taqdim etish rejalashtirilgan.