“Uzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining ma`lum qilishicha, 2014 yilning birinchi choragida O`zbekistonda engil avtomobil ishlab chiqarish o`tgan yilning shu davriga nisbatan 15,7 foizga oshib, 52 752 tani tashkil qilgan.
Russian Market Research nashrining ma`lumotlariga ko`ra, GM Uzbekistan qo`shma korxonasi 2014 yilning birinchi choragida 14 318 ta Cobalt, 11 613 ta Nexia, 6496 ta Spark, 3369 ta Damas, 2830 ta Matiz, 1778 ta Captiva, 1048 Malibu va 273 ta Lacetti avtomobillarini ishlab chiqardi, deya xabar beradi Anons.uz.
Bundan tashqari, birinchi chorakda 11017 ta Chevrolet Gentra va 40 ta Chevrolet Orlando avtomobillari ishlab chiqarildi.
Eslatib o`tamiz, GM Uzbekistan 2013 yilning noyabr oyidan Gentra hamda 2014 yilning mart oyidan Orlando avtomobilini ishlab chiqarishni boshlagan.





