AsosiyJamiyat

Beeline Toshkentdagi MDIS vakansiyalar yarmarkasida ishtirok etadi

24 aprel kuni Beeline aloqa operatori Toshkentdagi Singapur Menedjmentni Rivojlantirish Institutida (MDIS) “Career Fair” har yillik yarmarkalar vakansiyasida ishtirok etadi.

Tadbir doirasida HR-mutaxassislari institutning to`rtinchi kurs bitiruvchi talabalariga kompaniyadagi bo`sh ish o`rinlari haqida ma`lumot berishadi, barcha qiziqtirgan savollarga javob berishadi va Beeline rezyume shaklini to`g`ri to`ldirishga yordam berishadi.

“Tashkent MDIS vakansiyalar yarmarkasida ishtirokimiz bejiz emas: har yili bu erdan moliya, marketing, menedjment, buxgalterlik hisob sohalarida ishga tayyorlangan yosh malakali mutaxassislar chiqishadi, — deydi Unitel‘ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. — Aynan shu darajali mutaxassislar muvaffaqiyatli rivojlanish uchun Beeline‘ga kerak, chunki butun O`zbekiston bo`ylab millionlab abonentlarga g`amho`rlik qilishni biz ularga ishonamiz”.

“Career Fair” vakansiyalar yarmarkasi 24 aprel kuni soat 15:00dan 18:00gacha Toshkentdagi Singapur Menedjmentni Rivojlantirish Institutida bo`lib o`tadi. Tadbir doirasida ishtirokchi kompaniyalar taqdimoti va master-klasslar o`tkazish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar