AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yanvar-martda 112,4 mlrd so`mlik dori vositalari ishlab chiqarildi

Ichki bozorni yuqori sifatli dori-darmon vositalari va tibbiy mahsulotlar bilan to`ldirish maqsadida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, tibbiyot sanoatida ishlab chiqarish hajmlarining o`sishini ta`minladi. 

Mazkur tarmoq korxonalari tomonidan hisobot davrida 112,4 mlrd. so`mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, bu ko`rsatkich 2013 yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 117,7%ni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Hisobot davrida, tarmoqning yirik korxonalari tomonidan, o`tgan yilning tegishli davri ko`rsatkichlariga nisbatan, tarkibida penisillin kislotasi yoki streptomisinlar yoki ularning hosilalari mavjud bo`lgan penisillinlar va ularning hosilalaridan tarkib topgan dori vositalari ishlab chiqarish 14,8%ga, provitaminlar, vitaminlar va ularning hosilalari - 5,4 martaga, chakana savdoga mo`ljallab qadoqlangan boshqa turdagi antibiotiklardan tarkib topgan dori vositalari ishlab chiqarish - 2,6 martaga oshirilgan.

Shu bilan birga, chakana savdoga mo`ljallab qadoqlangan, farmasevtik moddalar bilan qoplangan yoki to`yintirilgan momiq paxta, doka va shu kabi turdosh materiallar ishlab chiqarish hajmining 2,6 martaga o`sishi kuzatildi.

    Boshqa yangiliklar