1

Hafta davomida sizni nima kutmoqda (29 yanvar - 4 fevral )?

Munajjimlar bashorati 29.01.2018, 10:57
Hafta davomida sizni nima kutmoqda (29 yanvar - 4 fevral )?
Hamal

Oilali burj vakillarining mazkur haftada xarajatlari ko`payishi kutilmoqda. Moliyaviy masalalarni turmush o`rtog`ingiz bilan hal qilganingiz ma`qul. Agar sevgan insoningiz bilan biroz xafalashib qolgan bo`lsangiz, haftaning ikkinchi yarmida munosabatlarni yumshatishingiz, u bilan ochiqchasiga suhbat qurib, kelishmovchiliklarga barham berganingiz ma`qul.

Savr

Asosiy muammolar uy va ro`zg`or tashvishlari bilan bog`liq bo`ladi. Yangi haftada uyingizda ta`mirlash yoki tozalash ishlarini olib borish maqsadga muvofiq emas. Ishxonada esa hamkasblar bilan munosabatlar mustahkamlanadi. Mazkur haftada yaqinlaringiz va do`stlaringiz bilan dam olish uchun boshqa shaharga borishingiz mumkin. Mazkur kichik sayohat sizni yanada yaqinlashtiradi.

Javzo

Garchi o`z kuchingizga ishonsangiz-da, atrofdagilarning yordamini rad etmang. Hafta boshi ish yuzasidan hamkorliklar uchun juda samarali. Ko`zlagan maqsadingizga tez erishasiz. O`tmishda siz yo`l qo`ygan hafsalasizlik va dangasalik sababli ayrim kichik muammolarga duch kelishingiz mumkin. Bundan esa asablaringiz taranglashishi aniq. Endi vaziyatdan chiqib ketish uchun ter to`kib mehnat qilishingizga to`g`ri keladi. Hafta yakunida sizni esa maroqli hordiq kutmoqda.

Javzo

Asosiy e`tiboringizni bergan va`dalaringizni bajarishga qarating. Boshlagan ishingizni yarmida tashlab ketmang. Oxiriga etkazilgan yumush sizga katta muvaffaqiyat keltirishi aniq. Buning uchun esa biroz sabrliroq bo`lishni maslahat beramiz. Ish yuzasidan hamkorlar ko`lamini kengaytirishning ham ayni vaqti. Yangi tuzilgan shartnomalar albatta ijobiy samara beradi.

Saraton

Bu haftada mantiqqa asoslanib tiniq fikrlash katta ahamiyatga ega. O`z imkoniyatlaringizni xolis baholashga harakat qiling. Tavakkal qilishga shoshilmang. Oilaviy munosabatlarda esa yuzaga kelgan muammolarni hal etishda hissiyotlaringizga tayanishni maslahat beramiz. Ishda ko`rsatgan faolligingiz turli maqtov eshitasiz. Tabiiyki, o`z-o`zidan ishchanligingiz ortib, yangi-yangi g`oyalarni amalga oshirishga kirishasiz.

Asad

Ko`zlangan natijalarni bermayotgan ayrim rejalaringizga o`zgartirish kiritishingizga to`g`ri keladi. Ko`p ishlarni qaytadan ko`rib chiqishingizga kerak. Lekin aynan shunday qilsangiz, anchadan buyon natija bermayotgan ishlaringiz samarali yakun topadi. Erinchoqqlikka nuqta qo`yib, shaxdam odimlang. Hafta o`rtasida esa qandaydir muhim daqiqalarni o`tkazib yuborganingizdan ranjisangiz, sizni kutib turgan quvonchli lahzalar buning o`rnini bosibketadi

Sunbula

Haftalik reja tuzayotganingizda barcha qiziqishlaringizni qamrab olishga harakat qiling. Bu ishdagi muvaffaqiyatingizning omili bo`lishi mumkin. Har bir tug`ilgan yangi fikrni shunchaki havoga sovurib yubormang. Ularni bir tizim asosida amalga oshirib borsangiz, katta yutuqlarni qo`lga kiritasiz.

Mezon

Bardosh va e`tibor talab qilinadigan vaziyatlarda ehtiyotkorlik bilan harakat qiling. Yo`l qo`ygan xatolaringiz yaqin insonlaringiz oldida obro`yingiz tushib ketishiga sabab bo`lishi mumkin. Oila davrasida ham biroz jiddiy bo`lishni maslahat beramiz. Hissiyotdan ko`ra aqlga ko`proq tayaning.

Aqrab

Bu hafta sizga imkoniyatlar olami o`z eshiklarini ochmoqda. Boshqalar rad etgan ish ustida jiddiy ishlab, o`z mahoratingizni to`liq namoyon etishingiz mumkin. Bundan faqatgina unumli foydalanish kerak xolos. Turmush o`rtog`ingizga va farzandlaringizga mehringizni so`zda emas, amalda ko`rsatishga harakat qiling.

Qavs

Surunkali kasalliklaring oldini olish uchun xalqona davo choralarini qo`llashga erinmang. Yuqumli kasalliklar yuqtirib olishdan ehtiyot bo`ling. Chunki immunetetingiz pasaygan. Ko`proq meva eng, suv iching. Ovqatlanish tartibiga rioya qiling. Ishda esa imoniyatlaringizga qarab yo`l tuting. Bo`yningizga ko`p vazifa olib olmang. Ko`pdan beri tilini topa olmayotgan biror kishingiz bilan ijobiy munosabat o`rnatasiz. Arazlashganlaringiz bilan ham yarashish fursati keldi. Qaysarlik qilmasdan, vaqtni qo`ldan boy bermang.

Jadiy

Farzadlaringiz xulq-avtori sizni qoniqtirmayotgan bo`lsa, tanbeh, jahl qilish, qo`rqitish bilan biror yaxshi natijaga erisha olmaysiz. Yaxshisi ular bilan samimiy va dildan gaplashing. Nega bunday bo`layapti, shuning sababini aniqlang. Keyin qiziqishlaridan kelib chiqib ruhlantiring. Molk-mulk masalasida hal qilishini kutilayotgan ishlaringiz o`z echimini topadi. Ish faoliyatingizda esa yaxshigina yutuqlarga erishasiz. Albatta bu mukofotsiz qolmaydi.

Dalv

Birovlarnig ishiga aralashmaganingiz ma`qul. Hammaning o`z muammosi, o`z haqiqati bor. Do`stona maslahatingizni ham noto`g`ri tushunib qolishlari mumkin. Shaxsiy hayotda yangi eshiklar ochilishi kutilmoqda Balkim sayyohatga otlanib qolarsiz. Agar biror yangi soha yoki hunar o`rganishni dilingizga tukkan bo`lsangiz, aynan hozir otni qamchilang.

Hut

Reja bilan ish qilsangiz, yutqazmaysiz. Yana og`zingizga mahkam bo`lish ham tavsiya etiladi. Ayniqsa, sinashta bo`lmagan kishilarga siringiz, dilingizdagilarni to`kib solmang. Hafta so`ngida umr yo`ldoshingiz yoki sevganingiz bilan o`rtangizdagi rishtalar yanada mustahkamlanib, bu ko`nglingizga xotirjamlik baxsh etadi. Agar biror uzoqroq manzilga otlanadigan bo`lsangiz, omad sizga kulib boqadi.

Sharhlar

O`qishga tavsiya qilamiz

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1