AsosiyJamiyat

Bugun Toshkent shahar transportida yo`lovchilar oqimini o`rganish ishlari boshlandi

Bugun poytaxtimiz jamoat transportida yo`lovchilar oqimini o`rganish ishlari boshlandi.

Erta  saxardan transport vositalariga, xususan avtobus, tramvay va metrolarga biriktirilgan maxsus hisobchilar yo`lovchilar transportga chiqqanda bekatning raqami ko`rsatilgan talonni berib, yo`lovchi manziliga etib olganda talonni qaytarib olib, bekat raqamini yozmoqdalar. Mazkur talonlar transport so`nggi bekatga kelganda yo`nalishlarga biriktirilgan mas`ul xodimlar yordamida yo`nalishning boshlangan va tugallangan vaqti ko`rsatilgan maxsus idishlarga solinmoqda.

Har bir transport vositasiga o`rtacha 2 nafardan hisobchi biriktirilgan bo`lib, ular transportlar eshigi oldida nazorat olib borishmoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, bu ishga Toshkent engil sanoat instituti, Avtomobil yo`llari, Turin politexnika universiteti, Irrigasiya va qishloq xo`jaligi hamda temir yo`l transporti muhandislari instituti talabalaridan tashkil topgan jamoa biriktirilgan.

Yo`lovchilar oqimini o`rganish ishlari 23 va 27 aprel kunlari amalga oshiriladi. Ikki kunlik tahlildan maqsad esa ish va dam olish kunlari transport oqimini o`rganishdan iborat.

Bu esa o`z navbatida “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasiga yo`nalishda yo`lovchilar oqimiga qarab kunning turli paytlarida katta yoki o`rta sig`imdagi transportdan foydalanish, ba`zi yo`nalishlarga o`zgartirish kiritish kabi aholiga foydali xulosalar chiqarishga va amalda qo`llashga xizmat qiladi.  

Ma`lumotlarga ko`ra, bu ishga 11 mingdan ortiq yaqin talaba va 350 dan ortiq OO`Yu xodimlari jalb qilingan.

    Boshqa yangiliklar