AsosiySiyosat

Diplomatik aloqalar o`rnatilgan davlatlar soni 134 taga etdi

'Diplomatik aloqalar o`rnatilgan davlatlar soni 134 taga etdi'ning rasmi

Shu yil 26 yanvar kuni AQShning Nyu-York shahrida O`zbekiston Respublikasi va Nepal Federativ Demokratik Respublikasi o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatish to`g`risidagi Qo`shma bayonnomani imzolash marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni O`zbekiston va Nepalning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakillari imzoladi.

Hujjatda qayd qilinishicha, “O`zbekiston Respublikasi va Nepal, ikki davlat o`rtasida o`zaro tushunish, do`stlik va hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash niyatida, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi tamoyillari va maqsadlari hamda xalqaro huquqqa rioya etgan holda, 1961 yil 18 apreldagi diplomatik aloqalar to`g`risidagi Vena konvensiyasi va 1963 yil 24 apreldagi Konsullik aloqalari to`g`risidagi Vena konvensiyasi bandlariga muvofiq diplomatik munosabatlar o`rnatishga qaror qildi”.

Nepal O`zbekiston bilan diplomatik aloqalar o`rnatgan 134-davlat bo`ldi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar