Joriy yilning birinchi choragida qurilish materiallari sanoati tarmog`i korxonalari tomonidan 989,4 mlrd. so`mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo`lib, bu 2013 yilning birinchi choragiga nisbatan 114%ni tashkil etadi.
Hisobot davrida tarmoqning respublika umumiy sanoat hajmidagi ulushi 6,1%ni tashkil etdi (o`tgan yilning shu davrida 5,1%). Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Respublikaning yirik sanoat korxonalari tomonidan o`tgan yilga nisbatan, pechlar, pol va devorlar uchun keramik sirlangan plitalar, yo`llarga yotqizish uchun plitalar ishlab chiqarish – 1,9 martaga, bino va inshootlar uchun sement, beton va sun`iy toshdan yig`ma konstruktsiyalar elementlari va boshqa qismlar – 1,6 martaga, sement, beton va sun`iy toshdan g`ishtlar va qurilish bloklari – 1,3 martaga, qurilish aralashmalari va qorishmalari ishlab chiqarish – 1,3 martaga oshirilgan.
Shuningdek, qayd etilgan qurilish mahsulotlari bilan bir qatorda, yirik sanoat korxonalari tomonidan klinker sementlar (113,5%), gips (112,3%), maydalangan tosh (105,7%), portlandsement (104,3%) ishlab chiqarish hajmlari o`sishiga erishilgan.





