Sanoat sohasida modernizasiyalash ko`lamlarini jadallashtirish va kengaytirish bo`yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida, engil sanoat sohasi korxonalarida ishlab chiqarishning jadal rivojlanishi davom ettirildi.
Tarmoq korxonalari tomonidan joriy yilning 1-choragida 2739,3 mlrd. so`mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi yoki o`sish sur`ati o`tgan yilning shu davriga nisbatan 111,8%ni tashkil etdi.
Hisobot davrida engil sanoat tarmog`ining jami respublika sanoatidagi ulushi 16,8%ni tashkil etib, bu ko`rsatkich o`tgan yilning shu davriga nisbatan 0,1 foiz punkt(16,7%) ga ko`pdir.
2014 yilning yanvar-mart oylarida, respublika to`qimachilik sanoati korxonalari tomonidan 2143,4 mlrd.so`mlik (2013 yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 112,1%), tikuvchilik sanoatida 342,2 mlrd.so`mlik (109,8%), charm-poyabzal sanoatida 95,6 mlrd.so`mlik (117,0%) mahsulotlar ishlab chiqarildi.
Paxta tozalash sanoati korxonalari tomonidan 399,7 ming tonna paxta tolasi ishlab chiqarilib, o`tgan yil ko`rsatkichlariga nisbatan 6,0%ga o`sdi.
O`tgan yilning tegishli davriga nisbatan, engil sanoat tarmog`idagi yirik korxonalar tomonidan ip kalavasi ishlab chiqarish 8,8%ga, mashina yoki qo`lda to`qilgan trikotaj polotnolar (pat va paxmoqsiz) - 12,0%ga, yuzasi zichligi 200g/m.kv dan ko`p bo`lmagan, tarkibida 85% va undan ko`p paxta tolasi bo`lgan ip gazlamalar ishlab chiqarish - 13,8% ga oshirildi.
Shu bilan birga, joriy yilning yanvar-mart oylarida, charm-poyabzal sanoatidagi yirik korxonalar tomonidan charm-poyabzal qismlari ishlab chiqarish o`tgan yilga nisbatan 35,8% ga oshirildi.





