AsosiyJamiyat

Sandiqda yotgan 75 million diplom

Xalqaro Mehnati tashkiloti har yili bandlik masalasiga bag`ishlangan xisobot e`lon qiladi. Yaqinda e`lon qilingan Hisobotda jaxon iqtisodiyoti past ko`rsatkichlar bilan o`sib borayotgani sabab bandlik muammosi bartaraf etilmayotgani ta`kidlanadi. Jaxon iqtisodiy inqirozi ko`plab korxonalarni kasodga uchratdi. Bu esa millionlab odamlarni ishdan maxrum qildi.

Gay Rayder nima deydi?

Taxlilchilar 15 yoshdan 24 yoshgacha bo`lganlar orasida ishsizlik ko`pligidan xavotirga tushmoqda. Bugungi kunda ishga yaroqli yoshlarning taxminan 13,1 foizi ishsiz ekan. Bu katta yoshdagilar o`rtasidagi ishsizlikdan uch barobar ko`pdir.

Mazkur muammo o`qish va ishlamaydigan yoshlar ko`payib borayotgan Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Lotin Amerikasi, Janubiy Evropa, Karib xavzasi, Sharqiy va Janubiy Osiyodagi  mamlakatlarida yaqqol ko`zga tashlanmoqda. “2013 yil yakunlariga qaraganda, o`tgan yili 202 million ishsiz ro`yxatga olingan. Bu 2012 yilga nisbatan 5 million ko`pdir” — dedi Xalqaro Mexnat tashkiloti bosh direktori Gay Rayder.

Ko`rinib turibdiki, jaxon axolisining ishga yaroqli 6,1 foizi ishsiz ekan. Gay Rayder asosiy zarba yoshlarga berilayotganini eslatib o`tar ekan, 15 yoshdan 24 yoshgacha bo`lgan ishsizlar soni  74,5 millionga etganini ta`kidladi.

Agar vaziyat shu darajada rivojlanadigan bo`lsa, u xolda 2018 yilga borib jaxonda ishga yaroqli axolining 215 millioni ishsiz bo`ladi. Shu davr moboynida xar yili o`rtacha 42,6 million kishi jaxon mexnat bozorida band bo`lishi kerak. Ammo,  atigi 40 millionga yaqin ish o`rni yaratilishi kutilmoqda.

Sandiqda yotgan 75 mln diplom

BMT mutaxassislari jaxondagi ishsizlarning ko`payishiga iqtisodiyotdagi taraqqiyotning pastligi sabab bo`layotganini aytishadi. Zamonimizning dolzarb va er shari axolisini tashvishga solayotgan muammolaridan biri shubxasiz ishsizlikdir.

Bugungi kunda dunyoning turli nuqtalarida oliy ma`lumotli bo`lishga qaramay nafaqat yaxshi,  balki, oddiy ish topish xam mushkul bo`lib qoldi. Jaxonda oliy ma`lumot to`g`risida diplom olgan mutaxassislarning ish bilan ta`minlanishi xam asosiy muamolardan biri bo`lib turibdi. McKinsey konsalting kompaniyasi o`tkazgan tadqiqot natijalariga qaraganda, dunyoda oliy o`quv dargoxini bitirgan 75 million talaba ish bilan ta`minlanmagan.

Ishsizlik bo`yicha “kim o`zar”

Ishsizlar soni bo`yicha Mavritaniya birinchi o`rinda turibdi. Bu mamlakatda ishga yaroqli axolining 30,89 foizi ishsiz ekani ma`lum qilindi.

Italiyada bu raqam shu yilning fevral oyida 13%  tashkil qildi. Mamlakat Milliy statistika institutning ma`lum qilishicha, o`smirlar o`rtasidagi ishsizlik 42,3 foizni tashkil qiladi.

Kipr va Gresiyada xam shu kabi xolatni ko`rish mumkin. Evroxududda fevral oyida ishsizlik 11,9 foizni tashkil qildi. 

G`arb iqtisodchilarining so`zlariga qaraganda, ishsizlik nafaqat qoloq, balki rivojlangan mamlakatlarning  ham asosiy muammolaridan biriga aylanib qoldi.

Tadqiqotchilar ishsizlik ruxiy stressga sabab bo`lishini aytishadi. Amerikalik olimlarning so`zlariga qaraganda, bir yil ishsiz yurish besh yillik umrning zavoliga aylanar ekan. Ishsizlik  jinoyatchilik va giyoxvandlar sonining ortishiga, o`z joniga qasd qiluvchilarning ko`payishiga sabab bo`ladi. Mana shuning o`ziyoq ishdan ayrilgan va taqdir xukmiga tashlangan inson jamiyat uchun xavfli ekanini anglatadi.

Bizda boshqacha manzara

Mamlakatimizda aholi bandligini ta`minlash, unda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, ayniqsa kasanachilik mehnatini rivojlantirish hamda rolini oshirishga aloxida e`tibor qaratilmoqda.

O`zbekistonda xukumat tomonidan  2014 yilda ish o`rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta`minlash dasturi ishlab chiqilgan. Dasturdan ko`zlangan maqsad – demografik omillar va iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni hisobga olgan holda hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarining salohiyatini ishga solish, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, bandlik va tadbirkorlikning samarali shakllarini rivojlantirishga har tomonlama ko`maklashish orqali aholi bandligini ta`minlash bo`yicha keng miqyosdagi va bir-biri bilan o`zaro bog`liq chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iboratdir.

Mamlakatimizda 2014 yilda 983,6 mingta ish o`rni tashkil etish nazarda tutilmoqda. Asosiy e`tibor ta`lim muassasalarining bitiruvchilarini, ayollarni, nogironlarni hamda aholining ijtimoiy qo`llab-quvvatlashga muhtoj boshqa toifalarini ishga joylashtirishga qaratilgan.

Sh.To`laganov, Siyosiy sharhlovchi

 

    Boshqa yangiliklar