1

Shavkat Mirziyoev Qarshi tumanidagi LT Textile International xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Siyosat 30.01.2018, 09:16
Shavkat Mirziyoev Qarshi tumanidagi LT Textile International xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Prezident o`tgan yil fevral oyida Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog`ida begilab berilgan vazifalarga muvofiq qurilgan LT Textile International xorijiy korxonasining birinchi bosqichi 2017 yil iyul oyida foydalanishga topshirildi. Bu erga Germaniya va Shveysariyadan zamonaviy va energiyatejamkor to`qimachilik asbob-uskunalar keltirib o`rnatildi. 700 dan ortiq ish o`rni yaratildi. 60 nafarga yaqin yoshlar Xitoyda kasb mahoratini oshirib qaytgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti xabar bermoqda

Korxonada paxta tolasi qayta ishlanib, yiliga 22 ming tonna ip-kalava mahsuloti ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Mahsulotning asosiy qismini eksportga yo`naltirish ko`zda tutilgan. O`tgan davrda 4 ming 600 tonnadan ziyod paxta tolasi qayta ishlanib, 3,5 ming tonnadan ziyod ip-kalava eksport qilindi.

Prezident korxona faoliyati bilan tanishdi, xorijlik investorlar bilan suhbatlashdi. To`g`ridan-to`g`ri investisiyalarni rag`batlantirish, eksport faoliyatini rivojlantirish, ish o`rinlarini ko`paytirish bo`yicha topshiriqlar berdi.

Shu erda Qashqadaryo viloyatida tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirish dasturi taqdim etildi. Xususan, LT Textile International mas`uliyati cheklangan jamiyatini rivojlantirishning II va III bosqichlari doirasida amalga oshiriladigan ishlar loyihasi haqida ma`lumot berildi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1