Aviatashuv xizmatlarini amalga oshirishni tartibga solinishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 martdagi 67-sonli qarori bilan O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga o`zgartirishlar kiritildi.
Ushbu qaror bilan kiritilgan o`zgartirishlarga asosan xorijiy aviatashuvchi agentining, chet el valyutasida olingan komissiya mukofotining 50 foizi vakolatli bankka sotiladi.
Shuningdek, Havo qatnovi bosh agentligi Davlat unitar korxonasining agentlari aviatashuvlar realizasiyasi yuzasidan chet el valyutasidagi komissiya mukofotining 50 foizi xizmat ko`rsatuvchi vakolatli bankka majburiy sotiladi.
Shuni ta`kidlash joizki, avval chet el valyutasida olingan komissiya mukofoti, Havo qatnovi bosh agentligining agentlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga to`liq hajmda sotilar edi.
Shu bilan birga, jo`natish punkti O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan taqdirda, milliy aviatashuvchilar tomonidan aviachiptalar realizasiyasi, O`zbekiston Respublikasi milliy valyutasida amalga oshiriladigan shaxslar toifalari ro`yxatining yangi tahriri tasdiqlandi. Ushbu ro`yxat, avvalgisiga nisbatan, unga 2 ta shaxslar toifasi qo`shilishi hisobiga kengaytirilgan. Mazkur ro`yxatda tegishli shaxslar toifasini tasdiqlovchi hujjatlar ham ko`rsatilgan.





