AsosiyJamiyat

Labzakda yuz bergan portlash bir ayolning umriga zomin bo`ldi

Kecha Toshkentda "Labzak" biznes markazida yuz bergan portlash oqibatida bir kishi halok bo`ldi.

23 aprel kuni soat 18:10da yuz bergan “Labzak” biznes markazidagi portlash oqibatida 6 kishi turli darajadagi jarohat olgan. Ulardan ikki nafariga voqea joyida birinchi yordam ko`rsatilgan to`rt nafari esa kasalxonaga etkazilgan.

Kasalxonaga etkazilganlardan biri 1981 yilda tug`ilgan koreys millatiga mansub Elena ismli ayol vafot etgan. Bu haqda IIV Toshkent shahar YoHXB vakillari ma`lumot berishdi.

Ma`lumotlariga ko`ra, portlashning sababi biznes markazning birinchi qavatida ta`mirlanayotgan oshxonadagi tabiiy gazdan noto`g`ri foydalanganlik bo`lgan.

Hozirda bino atrofi butunlay o`rab qo`yilgan.

 

    Boshqa yangiliklar